my.gov.uz
@mygovuz
❗️ Ro‘yxatdan o‘tishga 1 kun qoldi 📆 Ertaga, 25-iyun soat 23:59 gacha ol…
❗️ Ro‘yxatdan o‘tishga 1 kun qoldi 📆 Ertaga, 25-iyun soat 23:59 gacha oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida qatnashish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi. 👨💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun to’lovni 25-iyun 23:59 ga qadar amalga oshirishlari zarur. 💰To‘lovni my.gov.uz portali yoki onlayn to‘lov tizimlari (payme, click va hokazo)dan Bilim va malakalarni baholash agentligini tanlash va invoys raqamini kiritish orqali amalga oshirish mumkin. Eslatib o‘tamiz: Test sinovlarida ishtirok etish uchun joriy yil bitiruvchilari, nogironlar, “Ijtimoiy reyestr”da ro‘yxatda bo‘lganlar va ularning farzandlari, “Yoshlar daftari”ga kirganlar hamda to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslardan to‘lov undirilmaydi. ▶️Orangizda hali ham hujjatlarni qanday topshirishni bilmayotganlar bormi? Videoni ko‘ring! ▶️ https://www.youtube.com/watch?v=8w8My6oshZY&t=1s 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagram ▶YouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot
Fresh margeleT snapshot · Uzbekistan · my.gov.uz · telegram / bots · telegram. This page keeps context and source links for search engines and AI assistants.