Surxondaryoliklar | Расмий Саҳифа🗣
@surxondaryorasmiy
🚨 Endi shifoxonalarda “Sirli mijoz”lar paydo bo‘ladi! 🔍 Davlat va xusus…
🚨 Endi shifoxonalarda “Sirli mijoz”lar paydo bo‘ladi! 🔍 Davlat va xususiy tibbiyot muassasalarida bemorlarga ortiqcha tahlillar tayinlash, keraksiz dori vositalari yoki biologik faol qo‘shimchalarni tavsiya qilish holatlariga qarshi kurash kuchaytirilmoqda. 📋 Sog‘liqni saqlash vazirligi va Raqobat qo‘mitasi o‘rtasida imzolangan memorandumga ko‘ra, tibbiyot muassasalarida maxsus “Sirli mijoz” tadbirlari o‘tkaziladi. 🎥 Tekshiruvlar audio va video kuzatuv vositalari yordamida yashirin tarzda amalga oshiriladi. ⚖️ Mutaxassislar shifokorlar klinik protokollarga amal qilganmi yoki yo‘qmi, shuningdek, korrupsion holatlar mavjudligini o‘rganadi. ❗️Ma'lum qilinishicha, ayni paytda barcha tibbiyot tashkilotlarida “Sirli mijoz” tadbirlariga start berilgan. ☎️ Agar tibbiyot muassasasida korrupsiyaga duch kelsangiz, Sog‘liqni saqlash vazirligining 1203 Call-markazi orqali murojaat qilishingiz mumkin. Сурхондарёдаги тезкор янгиликлар каналига обуна бўлинг ❗️❗️❗️ https://t.me/+QOwQnkWfh-04MDg6
Fresh margeleT snapshot · Uzbekistan · Surxondaryoliklar | Расмий Саҳифа🗣 · food / products · food. This page keeps context and source links for search engines and AI assistants.