Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari
@otm_minbari
#Qabul2026 📌 Rasman: Akademik litseylarga qabul boshlandi 10-iyun sanasi…
#Qabul2026 📌 Rasman: Akademik litseylarga qabul boshlandi 10-iyun sanasidan boshlab 2026/2027-oʻquv yili uchun akademik litseylarga my.edu.uz portali orqali hujjatlarni qabul qilish boshlandi. Qabul 10-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi. Talabgorlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritishlari va quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim: ➖ 3,5x4,5 cm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat; ➖ O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa). Tizimga shaxsiy ma’lumotlar kiritilganda, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar FHDYO organi bazasidan, maktab va shahodatnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlar esa Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining e-shahodatnoma.uz axborot tizimi orqali avtomatik tarzda olinadi. 📝 Yo‘nalish tanlash tartibi: Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentlarga uchtagacha akademik litseyning ta’lim tili bir xil bo‘lgan bittadan mos yo‘nalishini (barcha tanlangan litseylarda ta'lim tili bir xil bo'lishi shart) tanlash imkoniyati beriladi. Abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi akademik litseyga yetarli bo‘lsa, u yerga o‘qishga qabul qilinadi va uning natijalari o‘sha litseyda e’lon qilinadi. Bunday holatda uning ikkinchi va uchinchi litseylar tanlovida ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi. Agar ballari birinchi va ikkinchi litseylarga yetmay, uchinchi litseyga yetarli bo‘lsa, uning natijalari faqat uchinchi akademik litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi. ℹ️ Talabgorlar roʻyxatdan oʻtishda qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi hamda oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi. ✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
Fresh margeleT snapshot · Uzbekistan · Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari · electronics / brands · electronics. This page keeps context and source links for search engines and AI assistants.