margeleT

Mantiqiy savollar « Bilimdon shou » 💡 @bilimdon_intelektual_shou

Tushkunlikka tushishga hali erta 😐 🇨🇴 Kolumbiya terma jamoasi Kongo us…

Tushkunlikka tushishga hali erta 😐 🇨🇴 Kolumbiya terma jamoasi Kongo ustidan gʻalaba qozonsa, bizning jamoamizda ham keyingi bosqichga chiqish imkoniyati saqlanib qoladi. Yaxshiyamki, FIFAning amaldagi reglamentiga koʻra, guruh bosqichida jamoalarning oʻrni avvalo oʻzaro uchrashuvlar natijasiga qarab aniqlanadi. Toʻplar nisbatining ikkinchi darajali mezon sifatida qoʻllanishi biz uchun maʼlum maʼnoda ijobiy omil boʻlishi mumkin. ✊ Biroq uchinchi oʻrinni egallagan jamoalar orasidan eng yaxshi sakkizlikka kirish uchun bugungi natija yetarli boʻlmasligi ham ehtimoldan xoli emas. Shunga qaramay, bir narsani unutmaslik kerak: bu — jamoamizning jahon chempionatidagi debyut ishtiroki. Bundan tashqari, biz juda murakkab K guruhdan oʻrin oldik. Xususan, Kongo terma jamoasi tarkibidagi futbolchilarning aksariyati Yevropaning TOP-5 chempionatlarida toʻp suradi. Shu sababli kelgusi ularga qarshi bahsning qiyin kechishi tabiiy hol. Oldinda turgan navbatdagi uchrashuv ham oson boʻlmaydi. Umuman olganda, bunday yirik turnirlarda har qanday jamoa magʻlubiyatga uchrashi mumkin. 🇵🇹 Portugaliyaga qarshi oʻyinga toʻxtaladigan boʻlsak, natijani kutilmagan deb boʻlmaydi. Portugaliya tarkibi jahon darajasidagi yulduz futbolchilardan shakllangan bo‘lib, FIFA reytingida ham yuqori — 5-oʻrinni egallab turibdi. Shunday ekan, bu uchrashuvdagi natijani mantiqiy va tabiiy deb baholash mumkin. Nima ham derdik, futbolga bu qadar berilib ketish balki toʻgʻri emasdir. Ammo bir narsa aniq: hozir uxlab yotganlarga havas qilmay iloj yoʻq. 😅 👉 @bilimdon_intelektual_shou

· Uzbekistan

Fresh margeleT snapshot · Uzbekistan · Mantiqiy savollar « Bilimdon shou » 💡 · marketplaces. This page keeps context and source links for search engines and AI assistants.

Related margeleT posts

Fargʻonaliklar | Расмий канали @fargonaliklar_uz_qoqonliklar

🚀 Rahmat POS терминали — 2 590 000 ўрнига атиги 990 000 сўм! 💯 Терминал…

🚀 Rahmat POS терминали — 2 590 000 ўрнига атиги 990 000 сўм! 💯 Терминал қийматининг 100% кешбекини қўлга киритинг*. ⏱️ 10 дақиқада онлайн фаоллаштиринг — банкка бормасдан! — Карталар, NFC ва Rahmat ягона QR'и орқали 15+ турдаги тўловларни қабул қилинг. — Uz…

· View post on margeleT

Андижон Бугун @andijan_bugun

🚀 Rahmat POS терминали — 2 590 000 ўрнига атиги 990 000 сўм! 💯 Терминал…

🚀 Rahmat POS терминали — 2 590 000 ўрнига атиги 990 000 сўм! 💯 Терминал қийматининг 100% кешбекини қўлга киритинг*. ⏱️ 10 дақиқада онлайн фаоллаштиринг — банкка бормасдан! — Карталар, NFC ва Rahmat ягона QR'и орқали 15+ турдаги тўловларни қабул қилинг. — Uz…

· View post on margeleT