Xushnudbek.uz
@xushnudbek
❗️Qo‘pol yo‘l qoidabuzarliklari uchun transportni vaqtincha olib qo‘yish…
❗️Qo‘pol yo‘l qoidabuzarliklari uchun transportni vaqtincha olib qo‘yish yoki musodara qilish choralari joriy etiladi O‘zbekiston IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i Sherzod Ibrohimov: ➖5 ta qo‘pol yo‘l qoidabuzilishi bo‘yicha avtomobilni vaqtincha olib qo‘yish ma’muriy javobgarlik chorasi joriy etiladi; ➖bir necha turdagi qoidabuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik joriy etiladi; ➖transportni boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan yoki mahrum qilingan shaxs tomonidan sodir etilgan yo‘l bezoriligi uchun qo‘shimcha ravishda avtomobilni musodara qilish yoki vaqtincha olib qo‘yish jazosi joriy etiladi; ➖transportni mast holda boshqarganlik uchun 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi tayinlanadi; ➖qo‘pol qoidabuzarlar uchun jarimani chegirma bilan to‘lashga bir yillik cheklov joriy etiladi; ➖transportni boshqarishga bolalarga ruxsat berish, tanaga shikast yetkazish, o‘limga sabab bo‘lganda jinoiy javobgarlikka tortish taklifi ilgari surilmoqda. 👉 @xushnudbek 👈
Video media is loaded in the live margeleT feed or in the original Telegram post.
Fresh margeleT snapshot · Uzbekistan · Xushnudbek.uz · crypto · finance. This page keeps context and source links for search engines and AI assistants.